Toshkentda “Lacetti” va “garmoshka”li avtobus toʻqnashib ketdi
Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahri Mirobod tumanida “King Long” rusumli yoʻlovchi avtobusi va “Lacetti” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 11-noyabr kuni soat 19:50 larda Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi “Sanʼat muzeyi” qarshisida yuz bergan. 39 yoshli A.X. boshqaruvida boʻlgan “King Long” rusumli avtobus va 32 yoshli N.X. (ayol) boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomashina oʻzaro toʻqnashib ketgan.
YTH oqibatida “Lacetti” avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring