Toshkentda “Lacetti” kanalga tushib ketdi
Toshkentda “Qorasuv” kanaliga tushib ketgan “Lacetti” avtomobil FVV qutqaruvchilari tomonidan suvdan chiqarib olindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati maʼlum qildi.
Unga koʻra, 17-mart kuni soat 19:40 da Toshkent shahar FVBga Mirobod tumani A.Fitrat koʻchasidan oqib oʻtuvchi “Qorasuv” kanaliga “Lacetti” rusumli avtomobil tushib ketganligi toʻgʻrisida xabar qilingan.
Qutqaruvchilar hodisa joyiga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib oldi.
Maʼlum boʻlishicha, haydovchining ehtiyotsizligi natijasida avtomobil kanalga tushib ketgan. Mashinada haydovchi bilan birga 3 nafar yoʻlovchi ham boʻlgan, ular avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring