Toshkentda “Lacetti” hamda “Spark” oʻzaro toʻqnashib ketdi
25-noyabr kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida “Lacetti” “Spark” avtomobili bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Shayxontohur tumani Nurafshon koʻchasida “Lacetti” va “Spark” rusumli avtomashinalar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Toʻqnashuv oqibatida ikki fuqaro jabrlangan, ular kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring