Toshkentda “Lacetti” butunlay yonib ketdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Lacetti” rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt FVB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 12-iyun kuni soat 14:18 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida “Lacetti” rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida, shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:23 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:25 da oʻchirilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring