Toshkentda kotlovan sabab qoʻshni hovlining bir qismi qulab tushdi

14:04 09 Oktyabr 2024 Jamiyat
316 0

Foto: Kun.uz

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida kotlovan qazish jarayonida qurilish obektiga tutash uyning darvozaxona qismi qulab tushdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat kecha, 8-oktyabr kuni tumanning Bahor mahallasida sodir boʻlgan. Uy egasining oʻgʻliga koʻra, holat sodir boʻlgan vaqtda ota-onasi uy ichida boʻlgan.

«Oʻzim koʻchada edim. Telefon boʻlgach zudlik bilan yetib bordim. Qarasam, uyning bir qismi qulab tushibdi. Onam va otamning mazasi boʻlmay qoldi. Darhol tez tibbiy yordam va qutqaruvchilarga murojaat qildim.

Qutqaruvchilar qoʻshnimizning devorini buzib, uydan onam va otamni olib chiqishdi. Onamning sogʻligi yomonlashib qolgan ekan, shifoxonaga olib ketishdi. Tibbiy yordam koʻrsatilib, holatlari yaxshilangach qaytarib olib keldik.

Otam bungacha bir necha bor quruvchilarni kotlovanni yaqin qazmaslik boʻyicha ogohlantirgan ekan. Ammo hech narsa boʻlmaydi», deya bilganini qilishgan, deydi uy egasining oʻgʻli.

Uning qoʻshimcha qilishicha, ushbu qurilish ishlari noqonuniy tartibda amalga oshirilayotgan boʻlishi mumkin. Negaki, hududda mahalla aholisining aksariyat qismi qarshi boʻlishiga qaramay “Toshkent mega stroy” MCHJ tomonidan qurilish ishlari boshlangan. Tegishli masʼullarga qilingan murojaatlardan esa natija boʻlmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер