Toshkentda YPX xodimi va haydovchi oʻrtasida janjal yuz berdi
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
«Maʼlum boʻlishicha, 9-fevral kuni soat 19:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumanida YPX xodimi tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida ishoralar orqali xizmat olib borayotgan vaqtda “Lacetti” avtomobili haydovchisi uning ishorasiga rioya qilmagan.
Haydovchi yoʻl oʻrtasida toʻxtab turli xatti-harakatlar bilan xodimning xizmat faoliyatiga xalaqit bergan. Shundan soʻng, xodim va haydovchi oʻrtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan. YPX xodimi chorrahada vaziyat hamda tirbandlik keskinlashuvining oldini olish maqsadida aloqa vositasi orqali yordam chaqirgan. Voqea joyiga qoʻshimcha yordamchi xodimlar kelib holat rasmiylashtirilgan. Ayni paytda dastlabki surishtiruvlar davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring