Toshkentda yoʻlovchi avtobus yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar FVB
Toshkent shahrining Olmazor tumanida yoʻlovchi avtobus yonib ketdi. Poytaxt favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga koʻra, hodisa bugun, 20-fevral kuni soat 07:41 da Toshkent xalqa avtomobil yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. Shahar FVBga kelib tushgan xabar boʻyicha yongʻin-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 07:45 da yetib borib, 07:50 da yongʻinni toʻliq oʻchirgan.
Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring