Toshkentda Italiya universitetining filiali tashkil etildi
“Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Farmonga muvofiq, poytaxtimizda Italiyaning Piza universitetining filiali tashkil etildi.
Filialda geologiya boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi hamda ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.
Filialda oʻqitish 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab kunduzgi boʻlimda oʻzbek, ingliz va rus tillarida shartnoma asosida olib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring