Toshkentda ikkita “Nexia-3” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida ikkita “Nexia-3” ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 7-mart kuni soat 20:30 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida yuz bergan.
Oʻsha kuni 2003-yilda tugʻilgan U.A. boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinasi hamda 1994-yilda tugʻilgan D.A. boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashib ketishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
YHXBga koʻra, ushbu YTHda hech bir fuqaro tan jarohati olmagan.
Haydovchilarning kelishuviga asosan yoʻl-transport hodisasi E-protocol toʻgʻrisidagi xabarnoma orqali rasmiylashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring