Toshkentda ikki fuqaroni daraxt bosib qoldi, qurbon bor
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida kuchli shamol oqibatida qulagan daraxt fuqarolarni bosib qoldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
avhada aytilishicha, shifoxonaga daraxt bosib qolgan ikki nafar fuqaro ogʻir ahvolda olib kelingan. Ulardan biri muassasa qabulxonasida vafot etgan.
“Ikkinchi bemorimizda bosh-miya jarohati mavjud. Uzoq muddatli jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Hozirda bemorning ahvoli stabil-ogʻir, reanimatsiya boʻlimida davolanmoqda”, deydi shifokor Murod Qodirov.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 23-may sanasida Toshkent shahrida ob-havoning yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining koʻpayishi kuzatildi. Oqibatda bir nechta mashinalarga shikast yetdi. Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring