Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasida “makulatura” toʻplab yurgan ayol va erkak 10 sutkaga qamaldi

16:58 22 Aprel 2021 Jamiyat
2050 0

Toshkent shahrida ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib olib, “makulatura” toʻplab yurgan ikki fuqaro qoʻlga olindi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, 20-aprel kuni soat 15:30 larda 102 raqamiga fuqaro Sh.A. qoʻngʻiroq qilib, IIO xodimlarining formasini kiyib yurgan ayol va erkak haqida xabar bergan.

Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari voqea joyiga yetib borib, 45 yoshli U.X. hamda muqaddam talonchilik va oʻgʻrilik uchun ikki marta sudlangan 36 yoshli N.S.ni qoʻlga olgan.

Xodimlarga qarshilik koʻrsatmoqchi boʻlgan mazkur shaxslar haqiqatan ham ichki ishlar organlarining xizmat kiyimida boʻlgan. Huquqbuzarlar Yakkasaroy tumani IIO FMB 2-son Ichki ishlar boʻlimiga olib kelinib tekshirilganda, ularning yonida ikkita pichoq borligi aniqlangan.

Ushbu fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 185-3-moddasi (Oʻzbekiston hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada boʻlishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi), 194-moddasi 1-qismi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 209-1-moddasi (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Yakkasaroy tumani sudi U.X. va N.S. yuqorida qayd etilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topib, ularning har biriga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosini belgilagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер