Toshkentda ichki ishlar xodimlarining “kitobxon oila”si tasvirlangan haykal ochildi
Foto: Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati
Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan “Kosmonavtlar saylgohi”da Ichki ishlar vazirligi tomonidan ichki ishlar xodimlarining “kitobxon oila”si tasvirlangan haykalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Ichki ishlar vazirligining masʼullari, tuman hokimligi masʼullari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi, ichki ishlar xodimlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, masʼul rahbarlar ishtirok etdilar.
Darhaqiqat, kitob insonni yerdan koʻkka koʻtaruvchi, uning maʼnaviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, maʼnaviy-maʼrifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin koʻrsatib borishga qodir mashʼala hisoblanadi.
Kosmonavtlar sayilgohida yoshlarimiz va fuqarolar uchun sayr qilishlari, bogʻ boʻylab oʻrnatilgan oʻrindiqlarga oʻtirib kitob mutolaa qilishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring