Toshkentda “Global tadbirkorlik” haftaligining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Poytaxtimizdagi TEAM universitetida har yili oʻtkazib kelinadigan “Global tadbirkorlik” haftaligining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, bir qator tadbirkorlik subyektlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli vazirliklar, biznes birlashmalari vakillari, tadbirkor, iqtisodchi, hunarmandlar, xorijlik mehmonlar, yoshlar shtirok etdi.
Haftalikning birinchi kunida qishloq xoʻjaligi muammolari muhokama qilindi. Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Toʻrayev yerdan unumli foydalanish, fermer xoʻjaliklariga kichik brigadalarni biriktirib, maslahat berish mexanizmini yoʻlga qoʻyish, issiqxonalarda mahsulotlarni tizimli yetishtirish orqali hosilni bir necha barobarga oshirish texnologiyalari xususida soʻz yuritdi.
Haftalik doirasida seminar-treninglar ham tashkil etildi. Seminarlarda ishtirok etgan TEAM va Vebster universiteti talaba-yoshlariga agrosanoat sohasidagi muhim masalalar boʻyicha maʻlumotlar berildi.
Madina Gʻuzorova, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring