Toshkentda Yevropa Ittifoqining BOMCA va CADAP dasturlarining 20 yillik yakunlari sarhisob qilindi
Kecha Toshkentda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga koʻmaklashish (BOMCA) va Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar tarqalishini oldini olish boʻyicha (CADAP) yetakchi dasturlarining 20 yilligiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
CADAP dasturi direktori Ernest Robello oʻz chiqishida quyidagilarni taʼkidladi:“CADAP soʻnggi 20 yil ichida Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarga qarshi siyosat rivojiga tizimli ravishda sarmoya kiritdi. Tajriba almashish va xalqaro standartlarni milliy hamkorlar faoliyatiga joriy etish nafaqat giyohvand moddalarga qarshi siyosat sohasidagi salohiyatni oshiradi, balki maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish, giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning oldini olish va giyohvand moddalarga tobe boʻlib qolish natijasida kasallangan odamlarni davolash sohalaridagi salohiyatni kuchaytiradi. Dastur, shuningdek, Markaziy Osiyodagi professionallarning hududiy birlashmalari va tarmoqlarini yaratishni qoʻllab-quvvatladi hamda ularning Yevropa Ittifoqi va uning ixtisoslashgan agentliklari bilan hamkorligini mustahkamlaydi”.
BOMCA 10 dasturi koordinatori oʻrinbosari Vladimirs Zaguzovs oʻz navbatida, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish dasturini chegaralar xavfsizligi va Markaziy Osiyoning beshta davlati oʻrtasida chegaralarni yanada samarali boshqarish sohasida YEI -Markaziy Osiyoning muloqotini qoʻllash maqsadida 2003-yilda ishga tushirilganini taʼkidladi. “Soʻnggi yigirma yil davomida BOMCA milliy hamkor agentliklarning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi, YEIga aʼzo davlatlarning tajribalaridan kelib chiqib, eng yaxshi amaliyotlarini kiritgan holda chegara, bojxona va veterinariya idoralarining koʻnikmalarini oshirishni davom ettirdi”, - dedi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring