Toshkentda “Debyut — 2018” V respublika koʻrik-festivali boshlandi

17:51 16 Noyabr 2018 Madaniyat
1905 0

Foto: Hakim Yo'ldoshev, "Xalq so'zi"

Ushbu koʻrik-festivalda yosh dramaturg, rejissyor, aktyor va teatr rassomlari professional sahnada ilk marotaba oʻzlarining badiiy ijod namunalarini keng jamoatchilik hamda mutaxassislar eʼtiboriga havola etyapti.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Teatr arboblari uyushmasi hamkorligida oʻtkazilmoqda.

Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida oʻtkazilgan ochilish marosimida mazkur koʻrik-festival iqtidorli ijodkorlarni aniqlash, ularni qoʻllab-quvvatlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

Foto: Hakim Yo'ldoshev, "Xalq so'zi"

Festivalda namoyish etilgan asarlardan biri Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida sahnaga qoʻyildi. Yosh rejissyor Doston Xudoyberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan ushbu “Qobil ila Hobil” spektaklida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik oʻrtasidagi azaliy kurash haqida hikoya qilingan.

— Kamtarona ijodimiz tomoshabinlarimiz tomonidan iliq kutib olinganidan xursand boʻldik, — deydi D. Xudoyberdiyev. — Bunday eʼtibor kelgusida yetuk sahna asarlari yaratishga ilhom bagʻishlaydi.

“Debyut — 2018” V respublika koʻrik-festivali shu yilning 20 noyabriga qadar davom etadi.

Yulduz OʻRMONOVA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер