Toshkentda “Captiva” bilan toʻqnashgan “Spark” agʻdarilib ketdi
Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahrida “Captiva” bilan toʻqnashgan “Spark” agʻdarilib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 13-noyabr kuni soat 21:00 larda Yunusobod tumani KXAY koʻchasi Minor masjidi qarshisida sodir boʻlgan. Unda 1990-yilda tugʻilgan N.X. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi va 2004-yilda tugʻilgan S.A. boshqaruvidagi “Captiva” rusumli transport vositalari toʻqnashgan.
YTH oqibatida “Spark” transport vositasining haydovchisiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring