Toshkentda boshqaruvni yoʻqotgan “Lacetti” daraxtga borib urildi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida “Lacetti” avtomobili tezlikda borib daraxt bilan toʻqnashdi. Poytaxt YHXB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 12-mart kuni soat 10:45 da Chilonzor tumanining Qatortol-2 koʻchasida sodir boʻlgan. YTH oqibatida haydovchi va yoʻlovchilar jabrlangan, ularga birinchi yordam koʻrsatilgan. Transport vositasi texnik shikastlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini, tezlikni belgilangan meʼyordan oshirmaslikni soʻraymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring