Toshkentda bolalar va oʻsmirlarning ekologik taʼlimiga bagʻishlangan xalqaro forum boʻlib oʻtadi
Foto: Illustrativ foto
9-noyabr kuni Toshkentda “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi” xalqaro forumi oʻtkaziladi.
Tadbir “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamkorligida Butunjahon bolalar kuni va BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi (COP-28) munosabati bilan tashkil etiladi.
Forumdan maqsad bolalar va yoshlarning iqlim oʻzgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashishdagi oʻrnini ekologik taʼlimni ilgari surish orqali eʼtirof etishdir.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 1-5 oktyabr kunlari Samarqand shahrida COP-28ga bagʻishlangan Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi tashkil etilgandi. COP-28 — Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi 30-noyabr — 12-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring