Toshkentda bir-biriga tutash 3 ta xonadon yonib ketdi

17:00 03 Iyul 2024 Jamiyat
348 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 3-iyul kuni soat 13:54 da Shayxontohur tumani Quvur ariq 2-tor koʻchasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida tuman FVBga xabar tushgan.

Xabar boʻyicha, 7 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:00 da voqea joyiga yetib borib, alanga soat 14:25 da oʻrab olingan va soat 14:47 da oʻchirilgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер