Toshkentda bir-biriga tutash 2 ta uy yonib ketdi

11:17 19 May 2025 Jamiyat
314 0

Videodan kadr

Toshkent shahri Sergeli tumanida bir-biriga tutash 2 ta uyda yongʻin yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 16-may kuni soat 14:05 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Yuqori Darxon” MFY Beltepa koʻchasida bir-biriga tutash boʻlgan 2 ta uyda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 14:15 da yetib borib, soat 14:52 da alangani oʻrab olgan va 15:03 da toʻliq oʻchirgan.

Hodisa oqibatida uylarning taxminan 300 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Yongʻin tufayli tan jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sergeli tumani hududida joylashgan ochiq maydonda yongʻin yuz bergani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер