Toshkentda begonaning avtomobiliga shikast yetkazgan nomaʼlum shaxs qoʻlga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs “Matiz” rusumli avtomashinaga shikast yetkazganligi aks etgan tasvirlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 2-yanvar kuni Yunusobod tumani, 13-mavze hududida, 1999-yilda tugʻilgan fuqaro B.G. mast holatda, 1954-yilda tugʻilgan fuqaro O.R. ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasiga shikast yetkazgan. Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro B.G. qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshligʻi tomonidan shaxsan nazoratga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring