Toshkentda bank xodimi 10 ming dollar pora bilan ushlandi
Foto: DXX
Toshkent shahrida bank eksperti 10 ming AQSH dollari bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvchi nufuzli aksiyadorlik tijorat banklaridan birining katta eksperti xizmat koʻrsatish sohasiga ixtisoslashgan MCHJ rahbaridan 10 ming AQSH dollari tamagirlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, ushbu mutaxassis oʻzining tanishlari orqali Samarqand viloyatida joylashgan banklarning biridan mazkur MCHJga 1 mlrd 250 mln soʻm miqdorida kredit olib berishni vaʼda qilgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring