Toshkentda “Asal bayrami” oʻtkaziladi

21:16 27 Noyabr 2019 Jamiyat
6201 0

1-10-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Koʻrgazma savdo markazida “Asal bayrami” koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.⠀

Asal bayrami va asal mahsulotlari koʻrgazma-yarmarkasi Oʻzbekiston asalarichilar uyushmasi hamda “Aloqabank” AT tomonidan tashkil etilmoqda. Yarmarkada togʻ asali, uyali asal va 200 dan ortiq boshqa asal mahsulotlari namoyish etiladi. ⠀

“Shunday ekan, yilning eng “shirin” koʻrgazmasiga tashrif buyuring va respublikamizning barcha hududlaridan keltirilgan turli xil asal mahsulotlarini xarid qiling! Manzil: Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi, 41-uy” deyiladi xabardi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер