Toshkentda 76 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi
Poytaxtimizning Uch tepa tumanida yashovchi X.da shu yilning 28-mayida “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi.
Bundan avval 76 yoshli (erkak) ushbu bemor uzoq yillar davomida gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.
31-may kuni bemorning ahvoli ogʻirlashib, reanimatsiya boʻlimiga oʻtkazilgan.
Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar oʻtkazilib, doimiy nazorati taʼminlangan.
Biroq koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Ayni paytda marhumning turmush oʻrtogʻi, farzandi va nabiralarida ham “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlangan. Ularga shifokorlarimiz tomonidan davo muolajalari koʻrsatilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring