Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahrining Olmazor tumanida 3 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt Yoʻl harakati boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 20-oktyabr kuni soat 19:50 larda Olmazor tumani Ahmad Donish koʻchasida roʻy bergan. Hodisada “Cobalt”, “Nexia-3”, “Lacetti” rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashgan.
Ushbu YTH oqibatida avtomashinalar haydovchilariga hamda “Lacetti” rusumli avtomashina yoʻlovchisiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring