Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Foto: Videodan kadr
Toshkentda “Lixiang L9”, BYD va “Spark” ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 23-iyun kuni soat 09:00 larda Uchtepa tumani Shirin-Lutfiy koʻchalari chorrahasida haydovchilar:
- 1989-yilda tugʻilgan M.S. boshqaruvida boʻlgan “Lixiang L9”;
- 1999-yilda tugʻilgan M.R. boshqaruvida boʻlgan BYD;
- 1968-yilda tugʻilgan A.Sh. boshqaruvidagi boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinalar ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
“YTH oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda holat boʻyicha shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring