Toshkentda 3 ta avtomashina ishtirokida dahshatli YTH sodir boʻldi.
Foto: Videodan kadr
Kecha, 9-iyul kuni Toshkentda 3 ta avtomashina ishtirokida dahshatli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:40 larda Sergeli tumani Qipchoq koʻchasida 2 ta “Spark” va 1 ta “Honda” rusumli avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
“YTH oqibatida 3 nafar fuqarolarga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan”, deyiladi xabarda
Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, shahar IIBB holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring