Toshkentda 3 nafar fuqaro bedarak yoʻqoldi

13:57 30 Iyul 2021 Jamiyat
435 0

1966-yilda tugʻilgan Gilazitdinov Renat Xamzayevich joriy yilning 15-iyun kuni Sergeli tumani, Quyitolariq koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: boʻyi 160 sm, toʻlachadan kelgan, sochi qora.

Egnida: toʻq koʻk rangli futbolka, qora rangli shim va qora rangli krossovka boʻlgan.

1944-yilda tugʻilgan Xudoba Vladimir 24-iyul kuni Chilonzor tumani, 7-mavzesida turar joyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: boʻyi 170 sm, sochi oq, koʻzi kulrang.

Egnida: jigarrang futbolka, kulrang shalvar, qora rangli shippak boʻlgan.

1949-yilda tugʻilgan Shek Antonina Vladimirovna joriy yilning 17-iyul kuni Sergeli tumani, Daryoboʻyi koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: boʻyi 165 sm, oʻrtacha gavdali, sochi jigarrang, qosh koʻzi qora.

Egnida: qizil kofta, qizil yubka va shippak boʻlgan.

Alohida belgilari: koʻzoynakda, koʻlida hassasi bor.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz yuqorida keltirilgan shaxslar haqida biron bir maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar boʻlimiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер