Toshkentda 25 yoshli qizning yonidan narkotik topildi

14:58 10 Avgust 2024 Jamiyat
464 0

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahrida 25 yoshli qizning yonidan narkotik modda topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalyon YPX inspektorlari tomonidan “Monza” rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda haydovchi 37 yoshli D.E. hamda yoʻlovchilari 24 yoshli A.A. va 25 yoshli K.E.larning koʻrinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uygʻotgan.

Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina yoʻlovchisi K.E. yonidan 2 dona shprisda nomaʼlum narkotik moddasiga oʻxshash suyuqlik va 4 dona psixotrop dori vositasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar hamda aniqlangan moddalar Yashnobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Shuningdek, oʻsha kuni Bektemir tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalon YPX inspektori serjant A.Oʻtbosarov tomonidan “Lada” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilgan. Unda haydovchi 20 yoshli R.S. hamda yoʻlovchisi 22 yoshli R.R.larning koʻrinishi va xatti-harakatlari, xodimlarda shubha uygʻotgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina yoʻlovchisi R.R.ning yonidan quritilgan yashil rangli, oʻtkir hidli giyohvandlik moddasiga oʻxshash oʻsimlik topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar hamda aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер