Toshkentda 24-avgustdan sovuq suv narxi oshadi
Illyustrativ foto
Toshkentda 24-avgustdan sovuq suv va oqava suv narxlari tarifi oshiriladi. “Suvsoz” korxonasining rasmiy saytida bu haqda maʼlumot berildi.
Yangi tariflar 9-avgust kuni Toshkent shahri hokimiyati tomonidan tasdiqlab berilgan.
Unga koʻra, 1 metr kub ichimlik suvi 280 soʻmdan 310 soʻmga, oqava suv narxi esa 235 soʻmdan 250 soʻmga oshiriladi. Sovuq suv uchun narxlar oxirgi marta 24-aprelda koʻtarilgandi. Unga koʻra, Toshkent shahar hokimining 2018-yilning 12-yanvardagi 69-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrida sovuq suv yetkazib berish uchun 2018-yildagi tarifga nisbatan 1 metr kub uchun 100 soʻm miqdorida ustama haq qoʻshilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring