Toshkentda 21 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Ayni soatlarda Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 72, kichigi esa 10 yoshda. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, 9 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqand viloyatidan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Buxoro, Fargʻona, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan.
Toshkent shahrida shu paytga qadar sogʻayganlar soni 1374 nafar tashkil qilgan boʻlsa, endilikda ular 1395 nafarga yetib, davolanayotganlar soni 563 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun 21 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar 3268 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, bugun koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etib, jami oʻlim holatlari 17 nafarga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 4064 nafarni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizning yetti hududidagi tibbiyot muassasalarida jami 779 nafar bemor davolanmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring