Toshkentda 13 yoshli qizni qiynoqqa solgan oʻgay onaga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida voyaga yetmagan qiz oʻgay onasi tomonidan qiynoqqa solingani haqida videomurojaat tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 1985-yilda tugʻilgan N.Sh. Yunusobod tumanida joylashgan yashash xonadonida oʻgay farzandi – 2013-yilda tugʻilgan N.G. ni bir necha marotaba urib, jismoniy tazyiq oʻtkazgan. Mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchi muqaddam IIOga murojaat qilmagan.
Hozirda voyaga yetmagan jabrlanuvchi Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilib, davlat organlari tomonidan himoyaga olingan.
Hozirda voyaga yetmagan jabrlanuvchi Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilib, davlat organlari tomonidan himoyaga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan gumonlanuvchi N.Sh. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari toʻliq va har taraflama olib borilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi. Jinoyat ishi IIV tomonidan nazoratga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring