Toshkent viloyatidagi “Komsar” MCHJda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi

12:22 16 Noyabr 2023 Jamiyat
250 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Chinoz tumanidagi “Komsar” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan S.A. (muqaddam sudlangan) korxonada yollanma ishchilarni ishlatib, qalbaki aksiz markalardan foydalangan holda 21 xil turdagi jami 45 989 dona alkogol mahsulotini ishlab chiqarib, sotuvga tayyorlab qoʻyganligi, shuningdek korxonada 20,9 tonna spirt mahsuloti, 15 200 dona qalbaki aksiz marka va 700 000 dona “QR-kod” markirovkalar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bundan tashqari, S.A. qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarib sotish orqali orttirgan mablagʻlari hisobidan 2023-yilda ishlab chiqarilgan “Leapmotor C11” rusumli xorijiy avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish), 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov xarakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер