Toshkent viloyatidagi bojxona postida “jonli konteyner” qoʻlga tushdi

12:27 14 Avgust 2025 Jamiyat
393 0

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida ichki jinsiy aʼzolarida noqonuniy tilla buyumlarini olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, bojxona post xodimlari bilan hamkorlikda post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan oʻtayotganda shubhali harakatlari sababli shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

Koʻrik davomida uning ichki jinsiy aʼzolarida ogʻirligi 314 gramm boʻlgan zargarlik buyumlari yashirilgani aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur tilla taqinchoqlarning jami qiymati 316 million soʻmni tashkil etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joiz, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlarisiz, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda, umumiy ogʻirligi 65 grammdan oshmagan qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlarini olib kirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер