Toshkent viloyatida togʻ echkilari fotoqopqonga tushdi (+video)
Toshkent viloyatida joylashgan Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻidagi fotoqopqon Sibir togʻ echkilari tasvirga tushdi.
Sibir togʻ echkisi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan boʻlib, u asosan harakatlanish qiyin boʻlgan baland togʻlarda yashaydi. Ular oʻrtacha 15-17-yil umr koʻradi. Yilda bir yo ikki marta bolalaydi. Vazni 35 dan 150 kilogrammgacha yetadi.
Tasvirlarda Milliy tabiat bogʻining Sijjak-Oromzoda yoʻnalishi Navolisoy hududining 2200-2600 metr balandligidagi qish manzaralari va Sibir togʻ echkilarini koʻrish mumkin.
Otabek ISROILOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring