Toshkent viloyatida tibbiyot buyumlarining noqonuniy savdosi fosh etildi
Foto: Prokratura departamenti
Toshkent viloyatida tibbiyot buyumlarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zangiota tumani “Eshonguzar” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.Z. va N.R. fuqaro Sh.B.ga 131 579 dona tibbiyot qoʻlqopi, 145 736 dona shpris va 30 600 dona sistema tibbiyot buyumlarini jami 160 mln soʻmga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring