Toshkent viloyatida tadbirkorga tenderda yutib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

12:00 22 Dekabr 2022 Jamiyat
563 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarini huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.E. “Gʻ.B.” MCHJ rahbari M.G.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Piskent tumanidagi 9 ta mahallaning ichki yoʻllarini asfalt qilish uchun qiymati 23 mlrd soʻmlik ishlarni bajarish uchun tenderda yutib shartnoma imzolatib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер