Toshkent viloyatida samarasiz bogʻlar oʻrniga sabzavot yetishtiriladi

18:51 29 Noyabr 2021 Jamiyat
830 0

Foto: "Xalq so'zi"

Joriy yilning 24-noyabr kuni Prezidentimiz raisligida qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari va tomorqa xoʻjaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan masalalar ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida ham jadal surʼatda aniq maqsadli ishlar olib borilmoqda. Hudud rahbari vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev shu va boshqa tadbirlar jarayoni bilan tanishish yuzasidan Yangiyoʻl va Chinoz tumanidagi qator xoʻjaliklarda boʻldi.

Jumladan, M-39 Toshkent-Termiz yoʻnalishidagi avtomagistral yoʻlining 822 dan 847 kilometrigacha boʻlgan hududda mavjud fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarining 130,4ga yer maydonlarida uzumning “Kelin barmoq”, “Soʻgʻdiyona”, “Qora kishmish”, “Rizamat ota”, “Husayni” kabi barcha suyib isteʼmol qiladigan navlari ekilmoqda. Hademay bu joylar ichki va tashqi bozorni sarxil uzumlar bilan taʼminlovchi makonga aylanadi. Mazkur uzumzorlarni tashkil etish, koʻchatlarni parvarishlash uchun Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani tajribasi ommalashtirilmoqda. Ushbu maqsadda hududga oltiariqlik chapdast bogʻbonu dehqonlar taklif etilgan.

Chinoz tumanidagi “Oltin don” agroklasteri tasarrufidagi 15 gektar maydonda esa uzumning “Husayni” va “Rizamat ota” navlari ekilyapti.

Viloyat rahbari hudud masʼullari, dehqon xoʻjaliklari vakillari bilan suhbatda hozir tumandagi 101 nafar fermerga tegishli 978 gektar maydonda tashkil etilgan sifatli va moʻl hosil beradigan bogʻlar maydonini yanada kengaytirish, tokzorlarni agrotexnika qoidalari asosida parvarishlash yuzasidan tavsiyalar berdi. Ayni paytda samarasiz bogʻlar oʻrnida koʻproq sabzavotlar yetishtirish, shu tariqa oziq-ovqat mahsulotlari taʼminoti barqarorligini kafolatlash birlamchi masalalardan ekani alohida  qayd etildi. Manzillarda dehqon va fermerlar tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер