Toshkent viloyatida “Ramazon aksiyasi” davom etmoqda
Viloyatdagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Ramazon aksiyasi” doirasidagi navbatdagi tadbir Toshkent tumanidagi “Abdulloh ibn Abbos” jomeʼ masjidida boʻlib oʻtdi. Saxovatpesha homiylar tomonidan 400 dan oshiq oilalarga mehr-muruvvat ulashildi. Diydor, Chigʻatoy, Koʻksaroy kabi mahallalardagi xonadonlarga taqdim etilgan Ramazon tuhfasini kishilar koʻzida yosh, qalbida xolis duolar bilan qabul etishdi.
Ijtimoiy aksiyaning eng eʼtiborli jihati aholi xonadonlariga ilm-maʼrifatning kirib borayotganidir. Chunki har bir oilaga ustoz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qalamiga mansub “Olam va odam, din va ilm” kitobi ham ehson qilinmoqda.
Viloyatning barcha tuman va shaharlarida “Ramazon aksiyasi” davom etmoqda.
Shodiyor Mutaharov
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring