Toshkent viloyatida bir oilaning barcha aʼzolari oʻldirilib, uyi yoqib yuborildi

11:45 27 Iyul 2024 Jamiyat
6632 0

Toshkent viloyatida sodir boʻlgan vaxshiy qotillik oqibatida bir oilaning 5 nafar aʼzosi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26-iyul soat 06:19 larda Yangiyoʻl tuman Nurafshon koʻchasida joylashgan xonadonda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan Yangiyoʻl tumani FVB Yongʻin qutqaruv qismi oʻt oʻchiruvchilari tomonidan voqea joyiga chiqilib, kelib chiqqan yongʻin bartaraf etilgan.

Xonadonni koʻzdan kechirish davomida 5 nafar (1991-y.t. erkak, 1999-y.t. ayol, 2021 va 2022-y.t. bola va 2018-y.t. qiz) shaxsning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyoʻl tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda prokuratura va ichki ishlar organlarining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер