Toshkent viloyatida “Nexia 2” toʻliq yonib ketdi
Foto: Toshkent viloyati IIBB
Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida “Nexia-2” avtomobili yonib ketdi. Viloyat IIBB matbuot kotibi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 24-mart kuni soat taxminan 17:30 larda Oʻrta Chirchiq tumani “Doʻstlik” MFY Toshkent yoʻli koʻchasida yuz bergan. “Nexia-2” transport vositasi mumkin boʻlgan joydan qayrilib olayotgan vaqtida “Cobalt” rusumli avtomobil bilan toʻqnashib yoʻl transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa oqibatida “Nexia-2” rusumli avtoulovida yongʻin kelib chiqqan. Taʼkidlanishicha, voqeada harakat ishtirokchilarini sogʻligʻiga ziyon yetmagan.
Viloyat FVBning maʼlum qilishicha, ularga yongʻin haqida soat 18:00 da xabar berilgan. Xabarga asosan, yongʻin oʻchirish ekipaji soat 18:09 da voqea joyiga yetib borgan. Alanga soat 18:12 da oʻrab olinib, 18:15 da toʻliq oʻchirilgan.
Hozirda yongʻin toʻliq oʻchirilib, holat yuzasidan Oʻrta Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring