Toshkent viloyatida “Kia” va “Cobalt” oʻrtasida ayanchli YTH yuz berdi
Videodan kadr
Toshkent viloyati Chinoz tumanida “Kia” va “Cobalt” rusumli mashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 6-avgust kuni soat taxminan 08:00 larda Chinoz tumani hududidan oʻtgan M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 28-kilometrida yuz bergan. Bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Kia Sonet” va “Cobalt” rusumli yengil avtomobillar oʻzaro toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.
Hodisa oqibatida “Cobalt” avtoulovida boʻlgan 35 yoshli yoʻlovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring