Toshkent viloyatida Kadastr agentligi xodimi kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Kadastr agentligi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, holat Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan.
Aniqlik kiritilishicha, yuqorida koʻrsatilgan manzilda yashovchi fuqaro qoʻshnisi tomonidan yoʻl berkitilib, devor qurilganligi yuzasidan Kadastr agentligiga murojaat yoʻllangan. Agentlik xodimi joyiga chiqib murojaatni oʻrganishi davomida fuqarolar unga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlib, kuch ishlatgan.
«Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilyapti. Holatga albatta huquqiy baho beriladi», deydi Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmat Otamurotov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring