Toshkent viloyatida bir yil ichida 2400 ga yaqin mahkum muddatidan oldin ozod etilgan
2021-yil davomida Toshkent viloyati IIBB Probatsiya boʻlimi tomonidan Probatsiya hisobida turuvchi nazoratdagi shaxslar bilan oʻtkazilgan profilaktik tadbir va sayyor sudlarda, mehnatga halol munosabatda boʻlgan, cheklovlarga toʻliq rioya etgan 2 ming 398 nafar nazoratdagi shaxsning jazosi muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish boʻyicha 134 marotaba mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda 14 ming 343 nafariga ishga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma berilib, 3 ming 793 nafari ishga joylashtirildi. Shuningdek, 422 nafari kasbga yoʻnaltirish boʻyicha bepul oʻquv kurslariga borishi taʼminlanib, 220 nafari qayta kasbga yoʻnaltirish boʻyicha oʻqitildi.
Olib borilgan chora tadbirlarga sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmay, jazoni oʻtashdan qasddan boʻyin tovlab yurganligi uchun 155 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish joyiga qaytarilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring