Toshkent viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida chiqindi bilan bogʻliq navbatdagi huquqbuzarlik sodir boʻldi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan oʻrnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.
Oʻrganish natijasida fuqaro M. A. davlat raqami “90 D 262 JA” boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashinada belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MTjKning 91prim 1-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. M. A. BHMning 5 barobari — 1 million 650 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring