Toshkent viloyatida ayolning foto va videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan erkak ushlandi

15:06 12 Sentyabr 2022 Jamiyat
844 0

Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi axborot xizmati

Toshkent viloyatida ayolning foto va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish tahdidi bilan pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning 15-avgust kunidan boshlab nomaʼlum erkak Parkent tumanida yashovchi ayolga “telegram” ijtimoiy tarmogʻi orqali xabar yozib, 10 ming AQSH dollari berishini talab qilgan. Agar belgilangan pulni bermasa, uni giyohvand modda sotuvchi ayol sifatida tasvirlab, foto va videolarni tarqatish, qamatish va oilasini buzib sharmanda qilishini aytgan.

Toshkent viloyati IIBB tezkor qidiruv oʻtkazib, gumondor shaxsni talab qilingan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер