Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik pahlavon chaqaloq tugʻildi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida vazni 7 kilogramm boʻlgan pahlavon chaqaloq tugʻildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Nurafshon shahar Tugʻruq kompleksida vazni deyarli 7 kg boʻlgan chaqaloq dunyoga kelgan. Hokimlik taqdim etgan rasmlardan ham koʻrish mumkinki, chaqaloq yaqinda tugʻilgan boʻlsada, u bir qarashda 1-1,5 yoshli bolani eslatadi.
«Bunday holat Toshkent viloyatida birinchi bor kuzatilmoqda«, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda onaning ham, bolaning ham ahvoli yaxshi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring