Toshkent viloyatida 5 ta avtomobil ishtirokida avtohalokat sodir boʻldi
Toshkent viloyatida 5 ta avtomobil ishtirokida avtohalokat sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
2021-yil 9-dekabr kuni soat 07:30 larda, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hududidan oʻtgan “Toshkent-Olmaliq” avtomobil yoʻlining 36-kilometrida, tumanli ob-havo sharoitida, yoʻlning koʻrinish masofasi kamligi sababli bir yoʻnalishda oldinma-ketin harakatlanib kelayotgan “Damas”, “Nexia”, “Spark”, “Nexia-3” rusumli avtomobillar hamda “Isuzu” rusumli avtobus ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
Toʻqnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.
Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyida surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring