Toshkent viloyatida 28,6 tonna koʻmirni noqonuniy sotilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Angren shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Chinobod” MFY hududida “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, fuqaro N.X. faoliyati tugatilgan “K.B.” MCHJning soxta yuk xati asosida aholi uchun ajratilgan 28,6 tonna koʻmirni qayta sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring