Toshkent viloyatida 2 ta yangi avtobus yo‘nalishida qatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Endilikda tuman aholisi viloyat ma’muriy markazi Nurafshon shahri hamda Chirchiq shahriga bitta transportda etib olish imkoniyati yaratildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, VH 514-sonli “Chirchiq ASHB — Yangibozor ASHB” avtobus yo‘nalishi 24.1 km.ni tashkil etib, yo‘l kira narxi 5000 so‘m tashkil etadi.
VH 253-sonli “Yangibozor ASHB —Nurafshon ASHB” (Jumabozor — O‘rtasaroy orqali) avtobus yo‘nalishi masofasi 38 km. bo‘lib, yo‘l kira narxi 6000 so‘m tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring